Qarshi shahri jamoat transportlarida elektron to‘lov yo‘lga qo‘yildi
Foto: “Xalq so‘zi”
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshi shahar jamoat transportlarida yo‘lkirani elektron tarzda to‘lash tizimi joriy etildi. Shahardagi 15 ta yo‘nalishda qatnovchi 200 ta avtobus elektron to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi maxsus moslamalar – validatorlar bilan jihozlandi.
Endilikda yo‘lovchilar maxsus transport kartasi yoki “Humo” plastik kartasi orqali yo‘lkira to‘lovini amalga oshira oladi. Buning uchun kartani maxsus moslamaga tekkizish kifoya.
-Bu yangilikning qulayligi shundaki, har bir avtobusda amalga oshirilgan elektron to‘lov summasi boshqaruv markazida ko‘rinib turadi va monitoring qilib boriladi, - deydi Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Namozov.- Ayni kunda yo‘lovchilarga maxsus transport kartasi tarqatish hamda kartani “zagruzka” qilishni yana-da osonlashtirish bo‘yicha ish olib boryapmiz.
Shuningdek, shahar transportida qatnovchi oliy taʼlim muassasalari talabalari va keksa yo‘lovchilar uchun imtiyozli transport kartalari joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring