“Qarshi neft bazasi” direktori lavozimidan ozod etildi

12:45 18 Yanvar 2026 Jamiyat
426 0

Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ

“Qarshi neft bazasi” direktori egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi oʻrganishlarning uchinchi kunini aynan hududdagi “Qarshi neft bazasi”ning faoliyatini oʻrganish bilan boshlagan.Oʻrganishlar davomida neft bazaning bugungi holati qoniqarsiz ekani qayd etilgan.

Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ

Xususan, neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda samarali va shaffof tizim yoʻlga qoʻyilmagani, korxona rahbariyati tomonidan boshqaruv va ichki nazorat mexanizmlari yetarli darajada taʼminlanmagani sababli qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.

Aniqlangan kamchiliklar natijasida neft baza 2025-yilni moliyaviy zarar bilan yakunlagan. Tahlillarga koʻra, korxonada xoʻjalik faoliyati toʻgʻri tashkil etilmagan, xarajatlar topilgan daromadlarga mutanosib ravishda optimallashtirilmagan. Bu esa, neft bazaning moliyaviy holati yil sayin ogʻirlashib borishiga olib kelgan.

Foto: “Oʻzbekneftgaz” AJ

Shuningdek, “Qarshi neft bazasi”da neft mahsulotlari zichligini (удельный вес) notoʻgʻri qoʻllash oqibatida isteʼmolchilar manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Yoʻl qoʻygan tizimli kamchiliklar va boshqaruvdagi xatoliklar sabab “Qarshi neft bazasi” MCHJ direktori egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер