Qaror ijrosi muhokama etildi

12:29 15 Noyabr 2021 Jamiyat
629 0

Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi B.Tojiyev xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari bilan uchrashdi.

Unda Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va koʻrib chiqilgan boshqa bir qator masalalar mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda Senatga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini joyida oʻrganish masalalari muhokama qilindi.

Qoʻmita raisi tomonidan deputatlarga yigirmanchi yalpi majlisda koʻrib chiqilgan barcha masalalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, Senat qarori va Senat Kengashi qarorlari ijrolari ham muhokama etildi.

Bundan tashqari, senator tomonidan yoshlar murojaatlari bilan ishlash va ular muammolarini hal qilishda faol ishtirok etish boʻyicha deputatlarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyevning kelgusi 5 yillikka moʻljallangan muhim yoʻnalishlar, Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi maʼno-mazmuniga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, ekologik vaziyatni yaxshilash, bu sohaga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, barcha aholi maskanlarida tut, pavlovniya, mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek, tez oʻsuvchi va boshqa koʻchatlarni ekish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini oʻz vaqtida bajarish masalasi koʻrib chiqildi.

Hududlardagi “yashil jamoat parklari”ning kamida 60-70 foizi “yashil hudud” boʻlishi va ularda har xil bino va inshootlar qurilishini oldini olish boʻyicha shaharsozlik normalariga oʻzgartirish kiritilishi yuzasidan maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?