Qaqroq yerlarga suv chiqarildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida soha boʻyicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” Davlat unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati Chust tumani Olmos, Gʻalaba hamda Axcha qishloqlaridagi foydalanilmayotgan yer maydonlarini yer osti suvlari hisobidan sugʻorishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tuman hokimligi bilan oʻrganish ishlari olib borilyapti.

Xususan, hududga burgʻilash uskunalari olib kelinib, har 10 kunda bittadan quduq foydalanishga topshirib kelinyapti. Birgina may oyining oxirida 6 ta ana shunday sugʻorish vositasi ochildi. Tuman hokimligi oʻz navbatida har bir talabgorga quduqlar yonidan 25 sotixdan yer ajratib beryapti. Shundan 2,5 sotixida issiqxona qurish uchun banklar kredit liniyalarini ochib bergani eʼtiborga loyiq. Joylarda katta miqyosdagi dehqonchilik , bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi, koʻp sonli yoshlarimiz uchun ish joylari yaratildi.
Umuman olganda, Axcha, Gʻalaba va Olmos massivlarining suvsiz qismida yangitdan 11 ta sugʻorish quduqgʻi burgʻilanib, olingan yer osti suvlaridan tomchilatib sugʻorish usulida 400 gektardan ziyod yer maydonini qayta foydalanishga kiritish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring