Qamrov 16 foizdan 65 foizga yetdi
Romitan tumanidagi “Istiqlol” mahallasida istiqomat qiluvchi yosh oilalarning yana bir orzusi ushaldi. Hududda mahallaning ismi – jismiga monand 240 oʻrinli zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.
— “Obod qishloq” davlat dasturi asosida bunyod etilgan bunday qulay, shinam maskanda har tomonlama bilimli, intiluvchan, bolajon tarbiyachilar ishlashi kerak, — deydi mazkur 32-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Nodira Murodova. — Shu boisdan tarbiyachilar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazyapmiz. Mahoratli, tashabbuskor xodimlarni ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilmoqda. Shuningdek, “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun bogʻcha toʻlovida chegirmalar joriy etilgan.
Aytish joizki, tumanda keyingi yillarda koʻplab maktabgacha taʼlim muassasalari ish boshladi. Bu esa bolajonlarni ushbu maskanlarga jalb etish imkoniyatini kengaytirdi. Bundan 8 yil muqaddam Romitanda jajji oʻgʻil-qizlarning atigi 16 foizi maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olingan edi. Ayni damda esa bu koʻrsatgich 65 foizga yetdi.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring