“Qamchiq” dovonida yuk mashinasining tirkamasi agʻdarilib ketdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonida yuk mashinasining yuk tirkamasi agʻdarilib ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 14:32 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlangan “MAN” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida orqa tirkamasi oʻz oʻqidan chiqib ketib agʻdarilgan.
Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan FVV qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomobiliga amaliy yordam koʻrsatilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring