“Qamchiq” dovonda ikkita mashina avtohalokatga uchradi
“Qamchiq” dovonida “Lacetti” va “Cobalt” mashinalari avtohalokatga uchradi. Bu haqda Namangan YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28-avgust kuni soat 04:40larda A-373 avtomobil yoʻlining Vodiy-Toshkent yoʻnalishida “Lacetti” avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada “Lacetti” yoʻlovchisi ogʻir tan jarohati bilan vafot etgan. 2-yoʻlovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur hududda soat 08:39 larda ham COBALT boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, boshqaruvni yoʻqotib oʻzi bilan bir yoʻnalishda yoʻlning oʻng tomonida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasining orqa qismiga va yoʻlning oʻng tomonida harakatlanib ketayotgan yana bir yuk mashinasiga borib urilgan.
Hodisa oqibatida “Cobalt”da boʻlgan ikki yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari bilan vafot etgan.
Har ikki holat yuzasidan Pop tuman IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring