Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmaydi — OʻFA
15-oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi.
Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori boʻlmoqda. Shu sabab chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchramoqda. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
“Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi oʻyinga koʻplab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qoʻl urganlarga qatʼiy chora koʻrilishini maʼlum qilamiz.
Futbol muxlislarini chayqovchilar qoʻlidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz“, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring