Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan savdo doʻkonlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Fargʻona viloyatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻygan savdo doʻkonlarini fosh etdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona shahrida faoliyat yurituvchi “F.G.” oilaviy korxonasi qonun buzilish holatiga yoʻl qoʻygani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu doʻkon sotuvchisi J.A. xaridorga qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotganligi aniqlanib, ushbu savdo doʻkonidan umumiy bahosi 50,2 million soʻmlik turli nomdagi jami 1 ming 371 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi yana ikki holat Quva va Yozyovon tumanlarida aniqlangan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “R.Sh.” xususiy korxonasi hamda “A.D.” MCHJ savdo doʻkonlaridan tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 845 dona alkogol va turli nomdagi tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring