Qadriyatlar qaytadan kashf etilmoqda
Sharq qadimdan madaniyat beshigi boʻlib kelgan. Ushbu mintaqadan dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan davlatlar joy olgan boʻlib, har sohada mustahkam aloqa oʻrnatish qardosh xalqlarning bosh qadriyatidir.
Yaqinda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlikda ish boshlagan, “Osiyo qadriyatlarini qayta kashf etib” (Rediscovery of Asian values) deb nomlangan Oʻzbekiston — Janubiy Koreya xalqaro ilmiy media-konferensiyasi ham buning yaqqol dalilidir.
Tadbirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxoʻjayev, Oʻzbekiston — Janubiy Koreya xalqaro ilmiy media-konferensiyasi muvofiqlashtiruvchisi Li Jen Ro, Dong – A ommaviy axborot vositalari va sanʼat instituti professori Xong Yon Rak va boshqalar soʻzga chiqdi.
— Ayni paytgacha biz Rossiya, Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda anjumanlar oʻtkazdik, — dedi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxoʻjayev. — Bugun Janubiy Koreyada joylashgan oʻnta eng sara oliygoh professorlari universitetimizga ilk bor tashrif buyurishdi. Bunday aloqalar kelgusida ham izchil davom etadi. Milliy jurnalistikamizni rivojlantirish hamda bu sohada robot texnologiyasining oʻrni nechogʻli muhimligini aniqlash asosiy maqsadimizdir. Oʻylashimcha, jurnalistikada kasbiy mahorat, inson omili, isteʼdod birinchi oʻrinda boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston — Janubiy Koreya xalqaro ilmiy media-konferensiyasi muvofiqlashtiruvchisi Li Jen Ro jurnalistika sohasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik juda ham muhim ekanini, uni kelgusida yanada izchil davom ettirish maqsadga muvofiq boʻlishini taʼkidladi.
Anjumanda Janubiy Koreyaning turli universitetlari va OʻzJOKU, OʻzDJTU, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti professorlari tomonidan bosma OAV hamda ular transformatsiya jarayonida duch kelayotgan oʻzgarishlar, teleradio jurnalistikasining Osiyo mamlakatlarini birlashtirishdagi oʻrni va roli, axborot xizmati hamda jamoatchilik bilan aloqalar sohasining rivoji, internet jurnalistikasi va zamonaviy mass-mediada kutilayotgan oʻzgarishlar kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.
Dilshodaxon Olimova, OʻzJOKU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring