QABULXONALAR
Arxiv foto
Dunyoda bormikan betashvish roʻzgʻor,
Bormikan, begʻalva mamlakat, millat,
Zumlik muammodan uy qursang, magar
Soʻzsiz paydo boʻlgay togʻ-togʻ imorat.
Qalashib yotardi bizda ham illat,
Ariza, shikoyat, ohlar, nolalar.
Sigʻmaylar ketardi zaminga zillat,
Paydo boʻlmaganda qabulxonalar.
Zim-ziyo oqshomni yoritgandek oy,
Charogʻon etgandek quyosh jahonni;
Qabulxonalardan taralgan chiroy,
Munavvar ayladi Oʻzbekistonni.
Birma-bir yechildi ming-minglab tugun,
Boshi berk koʻchalar ochildi ravon.
Yoʻlini topgandek boʻldi oʻsha kun,
Karbalo dashtida adashgan karvon.
Daryolar oʻzanga tushdilar goʻyo,
Muzlagan ummonda boshlandi eruv.
Bahoriy tumandek tarqaldi roʻyo,
Bahoriy bulutdek yoʻqoldi qoʻrquv.
Ishonch yulduzlari toʻldirdi koʻkni,
Umid daraxtlari boʻy choʻzdi koʻrkam.
Goʻyo koʻksidagi zanglagan oʻqni,
Olib tashlagandek yashnadi koʻklam.
Osmonda yurganlar tushib yerlarga,
Davo izlayotir elning dardiga.
Qishloqlarni kezib, oshib qirlardan,
Toʻqnash kelayotir turmush zarbiga.
Diqqat-eʼtiborda har uy, xonadon,
Baland tepalaru olis yonalar.
Barcha illatlarni oʻrganib shu on,
Malham boʻlayotir qabulxonalar.
Bugun hayrat ichra boqmoqda dunyo,
Havas qilayotir besh — begonalar.
Ular demoqdaki, kerakdir, hatto,
Jumlai jahonga qabulxonalar.
Qiblaga yuz tutib qilmoqda duo,
Bobolar, momolar, ona, bolalar:
*To dunyo turguncha tursin, iloyo,
Elning hamdardlari — qabulxonalar.
Abdusaid Koʻchimov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring