Putin qarorgohiga dron hujumi uyushtirilganiga ishonmayman – Tramp
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorgohiga dron hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlarga ishonmasligini maʼlum qildi.
Trampning taʼkidlashicha, voqea haqida ilk bor eshitganida ushbu hujum haqida aniq maʼlumotlar boʻlmagan.
“Men bu hujum sodir boʻlganiga ishonmayman. Yaqin atrofda qandaydir hodisa boʻlgan, ammo bu holatning Rossiya prezidenti qarorgohiga hech qanday aloqasi yoʻq”, — deydi Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.
Shuningdek, AQSH prezidenti dastlab Putinning bayonotiga ishonganini taʼkidlab, keyinchalik bu maʼlumot tasdiqlanmaganini qoʻshimcha qilgan.
“Putin uning qarorgohiga hujum qilinganini aytdi. Biz buni tekshirib koʻrdik va voqea haqiqatan ham sodir boʻlganiga ishonch hosil qilmadik”, — deydi Tramp.

Avvalroq, 31-dekabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Novgorod viloyatida joylashgan prezident qarorgohiga qilingan ehtimoliy hujum yuzasidan brifing oʻtkazgan edi. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 28-29-dekabr kunlari Ukraina tomonidan 91 ta uzoq masofali uchuvchisiz uchish apparati yordamida Rossiya prezidenti qarorgohiga hujum qilishga urinish boʻlgan. Dalil sifatida Rossiya tomoni AQSHga dronlarning harakat yoʻnalishlari haqidagi shifrlangan maʼlumotlar hamda urib tushirilgan uchuvchisiz apparatlardan birining boshqaruv uskunasi taqdim etgandi.
Mustaqil kuzatuvchilar dalil sifatida taqdim etilgan ushbu materiallarning ishonchliligiga shubha bilan qaragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring