Prokurorlarning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqi bekor qilindi
“Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, ishlarni nazorat tartibida koʻrish instansiyasi tugatildi.
Investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarning iqtisodiy sudlarga taalluqqli ekanligi belgilandi.
Ishlar investitsiyaviy nizo boʻyicha yirik investorning, raqobatga oid ish boʻyicha taraflarning xohishiga koʻra Oliy sud tomonidan koʻriladi.
Prokurorlarning barcha sud majlisida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endilikda prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.
Biznes ombudsmanga hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish huquqi berildi.
Bundan tashqari, Oliy sud sudyasi kassatsiya shikoyati boʻyicha iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli ekanligi belgilandi.
Nazorat instansiyasi bekor boʻlgan boʻlsada, kassatsiya tartibida koʻrilgan ish takroran koʻrilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring