Prokuratura tizimida sunʼiy intellekt imkoniyatlari joriy qilinadi
Foto: Bosh prokuratura
Bugun, 11-oktyabr kuni Bosh prokuraturada “Sunʼiy intellekt imkoniyatlarini prokuratura tizimiga joriy qilish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, tadbirda Bosh prokuratura, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja, “AIM Laboratory” MCHJ rahbari Xikmatilla Ubaydullayev, “XCDM” MCHJ rahbari Samandar Tursunaliyev, texnobloger Sadulla Abdullayevlar ishtirok etib, bugungi mavzu yuzasidan nutq soʻzladi.
Soʻzga chiqqanlar sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qoʻllash, raqamli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida oʻz fikr va maʼlumotlarni, tushuntirishlarni berib oʻtishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring