Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Kalonov Botir Xamzayevich – O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi
«Mardlik» ordeni bilan
Yunusov Marat Erkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
«Do‘stlik» ordeni bilan
Razakova Gulchexra Narzullayevna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori
«Jasorat» medali bilan
Zaripov Jamshid Baxodirovich – Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
Maxmudov Murodbek Madiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Axmedov Baxridin Tojiyevich – Navoiy ixtisoslashtirilgan prokurori o‘rinbosari
Raximov Ural Tashbulovich – Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurorining katta yordamchisi
Yunusov Baxodir Xoliyarovich – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani prokurori
«Shuhrat» medali bilan
Gaibbayeva Nigina Tayirjonovna – Namangan viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
Qobulov Dilmurod Qobulovich – Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring