Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

10:43 13 May 2025 Jamiyat
158 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 77-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

  • “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;
  • test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.
  • Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:
  • birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
  • birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;
  • birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер