Prezidentga atom energetikasi loyihasi boʻyicha axborot berildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbariga atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Mamlakatimizda energetika sohasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilgani natijasida oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 30 foiz ko‘payib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetdi. Oshib borayotgan talabni qondirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalari ham faol rivojlantirilmoqda. Uning generatsiyadagi ulushi 16 foizga yetib, o‘tgan yili 3,2 gigavattli qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Bu sohada uzoqni ko‘zlash, kelajakka hozirdan zamin hozirlash kerak. 2035-yilda yurtimizda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois energetikani barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, 2030-yilga borib, jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizdan oshirish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom enegriyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bo‘lajak stansiya qurilishining har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, jahonning eng ilg‘or tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilar loyihaning borishi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar olish va moliyalashtirish masalalari, shuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring