Prezident Yangiyoʻldagi quyosh panellari ishlab chiqarish korxonasida boʻldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Tinchlik” kichik sanoat zonasiga tashrif chogʻida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Enter Green Solar” korxonasida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.
Yangiyoʻl tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasi Toshkent viloyati iqtisodiyotida oʻziga xos oʻringa ega. Bu yerdagi korxonalarda mahalliylashtirilgan, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Aholi va iqtisodiyot oʻsishi bilan energiya manbalariga talab koʻpaymoqda. Masalan, soʻnggi toʻrt yilda Toshkent viloyatida elektr isteʼmoli 20 foiz oshgan. Bu boradagi tanqislikni qoplash maqsadida umumiy qiymati 1,5 milliard dollar, quvvati 805 megavattdan ortiq boʻlgan 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bunda “yashil” energetika manbalariga keng oʻrin berilgan. “Tinchlik” kichik sanoat zonasidagi “Enter Green Solar” korxonasida buning uchun zarur quyosh panellari hamda turli xil kabellar ishlab chiqariladi.
Davlatimiz rahbari sanoat zonasiga tashrifi chogʻida mazkur loyiha bilan ham tanishdi.
«Bunday yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalarimizni qoʻllab-quvvatlab, faoliyatini kengaytirishiga yanada koʻproq sharoit yaratishimiz kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Umumiy qiymati 7 million dollar boʻlgan mazkur korxonaga Italiyaning “Ecoprogetti” kompaniyasi uskunalari oʻrnatilgan. Ular asosida yiliga 377 ming dona yuqori sifatli quyosh paneli ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Korxonaning oʻzida ham quvvati 125 kilovatt boʻlgan panellar qoʻyilgan. Bu yerda 100 kishi mehnat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring