Prezident topshirigʻi bilan “Qalʼa tur” marshruti ishlab chiqiladi
Mamlakatimizda turizm eksporti salohiyati 10 milliard dollar boʻlsa, shuning 2 milliard dollari aynan Xorazmga toʻgʻri kelishi taʼkidlandi. Lekin bu toʻliq ishga solinmayotgani qayd etildi. Oʻtgan yili faqat 1,3 million xorijiy turist kelgan va eksport 400 million dollarga ham yetmagan.
Vaholanki, masʼullarda Xorazmni mintaqadagi yetakchi turistik markazlardan biriga aylantirish uchun imkoniyatlar yetarli ekani qayd etildi.
Viloyatda jami 263 ta madaniy meros obyekti mavjud. Bundan samarali foydalanib, turizm xizmatlarini tashkil etayotgan tadbirkorlar koʻp. Lekin, Xiva shahri, Xiva va Yangiariq tumanlari hokimlari salohiyati yuqori 14 ta obyektni tadbirkorlar bilan turistik maskanga aylantirish boʻyicha ishlamayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bilan birga, Xorazmdagi koʻplab madaniy yodgorliklar hali oʻrganilmay turibdi. Hazoraspdagi “Sulaymon qalʼa”, Bogʻotdagi “Qalajik qalʼa” kabi tarixiy maskanlar, Yangiariqdagi “Xon bogʻi”, “Olma otishgan qalʼa” tarixiy obyektlari haqida maʼlumot kam.
Shu maqsadda tashkil etilgan Oʻzbekiston tarixchilar jamiyatining Xorazm boʻlimi faoliyati davlat byudjetidan taʼminlanishi belgilandi.
Mutasaddilarga chet eldan tajribali arxeologlarni jalb qilib, tarixiy obidalarni aniqlash va tiklash boʻyicha amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Xorazm va Qoraqalpogʻiston hududidagi 8 ta qadimiy qalʼalarni oʻzaro bogʻlovchi toʻrt kunlik “Qalʼa tur” marshruti ishlab chiqiladi. Ushbu qalʼalar atrofida master-reja asosida xizmat koʻrsatish obyektlari ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring