Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.
Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar mukofotlangan edi.
Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:
"Yoshlikda olingan bilim – toshga oʻyilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam boʻlsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham boʻladi.
Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan doʻst bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.
Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sogʻlom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorugʻ boʻladi.
Men butun Oʻzbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi boʻlishini tilayman!
Ishonchim komil, biz koʻp millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulugʻ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi Oʻzbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring