Prezident surxondaryolik fermerlar bilan suhbatlashdi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xoʻjaligida boʻldi.
Xoʻjalikning yer maydoni 45 gektar. Joriy yilda gʻalladan 70, paxtadan 40 sentnerdan hosil yetishtirish moʻljallamoqda. 35 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan taʼminlangan.
Davlatimiz rahbari ekinlar rivojini koʻzdan kechirdi, gʻalla va gʻoʻzaning navi, hosildorligi bilan qiziqdi.
— Nima uchun qishloq xoʻjaligida ilm, innovatsiya kerak, deyapmiz? Avvalo sifat va hosildorlik uchun. Yuqori daromad olishni xohlagan fermer ilm bilan mehnat unumdorligini oshirishga harakat qilishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlumki, gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholi vakillariga yer berilmoqda. “Kamola Kamolbek Quyun” fermer xoʻjaligida ham ijtimoiy daftarlarga kiritilgan 34 nafar fuqaroga 20-25 sotixdan yer ajratilgan. Ular koʻkat, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa ekinlar ekib, yaxshi daromad olgan. Joriy yilda ham qoʻshimcha 18 nafar fuqaroga dehqon xoʻjaliklari tashkil etish uchun 30 sotixdan yer maydonlari ajratilishi koʻzda tutilgan.
Prezident shunday yer egalari bilan suhbatlashdi.
— Aholiga yer berilib, urugʻ, oʻgʻit masalalarida ham yordamlashilmoqda. Faqat mehnat qilish qolyapti. Agar har bir oila oʻzi harakat qilib, hayotida oʻzgarish qilsa, kambagʻallik ham, izsizlik ham boʻlmaydi, — dedi davlatimiz rahbari.
Surxondaryo iqlimida 3-martagacha hosil olish mumkinligi, aholiga koʻmaklashib, daromad manbai yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring