Prezident sifatli transport-logistika xizmatlari yoʻlga qoʻyilmasa, turizmni rivojlantirib boʻlmasligini taʼkidladi

19:33 26 Aprel 2022 Siyosat
1255 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident sifatli transport-logistika xizmatlari yoʻlga qoʻyilmasa, turizmni rivojlantirib boʻlmasligini taʼkidladi.

Transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy toʻsiqlardan biri boʻlib qolmoqda.

Haligacha xalqaro va mahalliy yoʻnalishlarda loukosterlar faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmagani, zamonaviy “Afrosiyob” poyezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarurligi tanqid qilindi.

Shu bois Transport vazirligiga bir oy muddatda:

— Fargʻona-Buxoro-Fargʻona, Fargʻona-Urganch-Fargʻona yoʻnalishida aviaqatnovlarni;

— Buxoro-Samarqand, Buxoro-Xiva, Buxoro-Termiz yoʻnalishlari boʻyicha zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” bir oy muddatda “Afrosiyob” tez yurar poyezdini Shahrisabzgacha harakatini qayta tiklaydigan boʻldi.

Mutasaddilarga 1-sentyabrga qadar har kuni 2 mingdan ziyod sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan 2 qavatli muntazam turistik avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyishga topshiriq berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер