Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini eʼlon qildi

17:19 05 Noyabr 2021 Jamiyat
48016 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini eʼlon qildi. Loyiha doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

“Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekistonda daraxtlar sonini oshirishga qaratilgan bu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu maqsadda respublikamizning 6 ta hududida “Bir million daraxt” aksiyasini o‘tkazmoqda.

Bugun, 5 noyabr kuni Xorazm viloyatining Urganch tumanida aksiya boshlandi. So‘ng:

6 noyabr — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani

9 noyabr — Surxondaryo viloyati Angor tumanida hamda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida

13 noyabr — Toshkent shahri

17 noyabr — Toshkent viloyati Parkent tumanida davom ettiriladi.

Daraxtlar. Ular havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlik beradi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

Maʼlumotga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqada ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.

Amaliy ishlar vaqti keldi! Aholi yashash punktlarida daraxtlar ekish hamda ularni parvarishlash doimiy jarayondir. Siz ham yashil chellenjga qo‘shiling va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing! Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan faol fuqarolar o‘zi bilan ko‘chat olib kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019—2020 yilda o‘tkazilgan “Bir million daraxt” aksiyasi davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 3 mln 800 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер