Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 6-7-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
“Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusida oʻtkaziladigan yigʻilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
Siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, gumanitar va boshqa ustuvor sohalardagi amaliy hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqiladi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.
Sammit yakunida tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring