Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirgʻiziston yetakchilari bilan birgalikda qoʻshma konsertda ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat madaniyat va sanʼat ustalarining konsertida qatnashdilar.
Davlatimiz rahbari oʻz soʻzida birodar xalqlarni bahoriy yangilanish bayrami Navroʻz va muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan qutladi.
- Bugun xalqlarimiz uchun haqiqatan ham katta va uzoq kutilgan bayram. Biz uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi haqidagi tarixiy shartnomani imzoladik. Bundan buyon chegaralar – birodarlik chiziqlari, yangi imkoniyatlar, bunyodkorlik va hamkorlik makonidir, - dedi Prezident.
Xalqlarimizning muqaddas tuprogʻi, dini, taqdiri bir, tashvishu quvonchlari, intilishlari oʻxshash ekani taʼkidlandi. Endi bu goʻzal zaminni bugungi va kelajak avlodlar munosib va baxtli yashashi uchun birgalikda obod qilish bizning burchimizdir.
Keyingi yillarda umumiy siyosiy iroda tufayli mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarda ulkan ijobiy oʻzgarishlar yuz berdi.
Bugun Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma kuchga kirdi. Yaqin kunlarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida ham shunday hujjat imzolanadi.
Savdo, investitsiyalar, yuk tashish, fuqarolarning bordi-keldisi izchil koʻpayib bormoqda. Muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari soni oshmoqda.
Bugungi muzokaralarda ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratish, toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlar sonini koʻpaytirish, chegaraoldi hududlardagi shaharlar oʻrtasida yangi avtobus yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani qayd etildi.
Madaniy tadbirlar, ijodiy festivallar, yoshlar forumlari, sport musobaqalarini muntazam oʻtkazib borishga alohida eʼtibor qaratildi.
- Sanʼat chegara bilmaydi, uning buyuk vazifasi odamlarni birlashtirish. Uch mamlakatning isteʼdodli sanʼat ustalari ijrosidagi bugungi konsert ham madaniyatlarimizning boyligi, rang-barangligi va mushtarakligini yana bir bor namoyish etadi, - dedi soʻzining yakunida Oʻzbekiston Prezidenti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring