Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

21:39 10 Noyabr 2025 Siyosat
334 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimini ilgʻor xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga koʻtarish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi koʻp yillik samarali xizmati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini taʼminlashga qoʻshayotgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Sabirov Kutlimurat — Oʻzbekiston temiryoʻlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdualimov Eshmirza Uralovich — Oʻzbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

Akberdiyev Abdugʻofur Bektoshevich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining yordamchisi

Axmedov Isak Nabiyevich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari

Matisayev Xamidullo Pazildjanovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri

Norqulov Hasan Xaydarovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi mehnat muhofazasi boʻyicha yetakchi mutaxassisi

Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti rektori

Xamidov Tayirjon Kasimdjanovich — Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Fargʻona viloyati boʻyicha masʼul tashkilotchisi

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Bedilov Ravshan Melsovich — Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Imamkuliyeva Sanobar Atabayevna — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Davolash-profilaktika markazi terapevti

Xanapiyayev Farxodjon Raxmanovich — Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Saitbekova Zerxan Jaksilikovna — Moʻynoq tumanidagi “Oq kema” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

 

“Shuhrat” medali bilan

Abdumuxtorov Anvarjon Akramjonovich — Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

Alimov Jasurjon Kamildjanovich — Boʻstonliq tumanidagi “Oq-tosh sanatoriysi” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Samarbekov Ravshanbek Yuldashovich — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri oʻrinbosari

Urmanbekova Muxabbat Davranbekovna — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Matbuot xizmati rahbari

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?