Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi

19:27 01 Mart 2022 Siyosat
2763 0

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirib, obroʻ-eʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

“Bu harakat tom maʼnoda «mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki, maʼrifatli jamiyatni maʼrifatli onalarsiz qurib boʻlmaydi.

Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar maʼnaviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur.

Hech bir ona farzandining kelgusida baxtsiz boʻlishini istamaydi.

Shu maʼnoda, men muhtarama onalarimizga murojaat qilmoqchiman. Bugun biz Vatanning shon-shuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qoʻydik.

Shuning uchun, sizlar farzandingizning qalbiga ulugʻ maqsadlarni, ezgu gʻoyalarni singdiring, buyuk orzularni joylashga intiling.

Onalarimiz yuksak fazilatli, mard, jasur farzandlarni tarbiyalab bersa, biz ularni zamonaviy maktab va oliygohlarda kamolga yetkazamiz.

Maqsadimiz — har bir oila, xonadon va mahalla mana shu ulugʻ harakatning markaziga aylansin», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?