Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi – Fotoreportaj

14:09 02 May 2024 Iqtisodiyot
296 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, yildan yilga yaxshi anʼanaga aylanib borayotgan ushbu format doirasida yurtimizda dunyoning barcha qitʼalaridan yangidan-yangi ishonchli hamkorlar jam boʻlayotganini taʼkidladi.

Oʻtgan uch yil davomida mazkur forum ikki va koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilgʻor gʻoya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi.

Bugungi tadbirda 93 ta davlatdan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu oʻz navbatida, mamlakatimizda ortga qaytmas tus olgan islohotlarga, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga boʻlgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi.

Forumni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?