Prezident saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug komissiyasining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni okrug komissiyasi raisi N.M. Tog‘ayeva kirish so‘zi bilan ochib, okrug komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etishi , komissiya qarorlari ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda dastlab, Okrug saylov komissiyasining barcha a’zolariga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Shundan so‘ng, komissiya a’zolari kun tartibidagi tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqdilar. Mazkur muhim siyosiy tadbirni qonunchilikda belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida 5- Navoiy okrug komissiyasining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish kalendar rejasi komissiya a’zolari e’tiboriga havola etilib, ushbu reja barcha jarayonlarni to‘g‘ri va samarali tashkil etish, mavjud kuch va imkoniyatlarni oqilona taqsimlash hamda yo‘naltirishda muhim omil ekanligi ta’kidlandi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5- Navoiy okrug komissiyasining “ Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ish va kalendar rejasi” komissiya a’zolari tomonidan tasdiqlandi.
Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masalalarda Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida okrug komissiyasi a’zolarining navbatchilik jadvalini tasdiqlash, 5- Navoiy okrug komissiyasi hududida 413ta uchastka saylov komissiyalari tuzish, okrug komissiyasining ish hujjatlari nomenklaturasi to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqilib, okrug komissiyasi a’zolari tomonidan tasdiqlandi.
Yig‘ilishda shuningdek, 5- Navoiy okrug komissiyasi huzuridagi Matbuot markazining to‘rt nafar jurnalistdan iborat tarkibi tasdiqlandi.
Yig‘ilishda okrug komissiyalari a’zolari ko‘rib chiqilgan har bir masala bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishib, majlis yakuni bilan kun tartibidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5- Navoiy okrug komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Temur ESHBOЕV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring