Prezident qarori asosida Samarqandda Oliy sport mahorati instituti faoliyatini boshlamoqda

14:18 19 Iyul 2023 Jamiyat
384 0

Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirgan trener, hakam seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2022-yil 6-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 269-son Qarori imzolangan edi. Hozirda unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Qarorga muvofiq, Samarqand shahrida Oliy sport mahorati instituti tashkil etildi. Bu yil mazkur dargohga dastlabki talabalar qabul qilinadi. MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligida Institut faoliyatini yoʻlga qoʻyish, unga terma jamoalardagi iqtidorli sportchilarni jalb etish kabi masalalarga bagʻishlangan onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер