Prezident Paralimpiyada chempionlari — Sherzod Namozov va Husniddin Norbekov bilan telefon orqali suhbatlashdi
Foto: Videodan kadr
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining keyingi kunlarida muvaffaqiyat qozongan sportchilarimiz bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.
Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlat rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Butun oʻzbek xalqi nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak eʼtibor va doimiy qoʻllov uchun minnatdorlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring