Prezident Oʻzbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladi

14:06 06 Mart 2026 Siyosat
179 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boshlandi.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari butun Oʻzbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

“Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori boʻlib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni koʻramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir soʻz bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер