Prezident “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni imzoladi
“Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–820, 27.02.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, Vazirlar Mahkamasi akkreditatsiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi akkreditatsiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Milliy akkreditatsiya tizimi muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalarini va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat koʻrsatuvchi tizimdir.
Milliy akkreditatsiya tizimi ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
— maxsus vakolatli davlat organi;
— akkreditatsiya boʻyicha kengash;
— akkreditatsiya organi;
— akkreditatsiya qilingan subyektlar;
— akkreditatsiya boʻyicha baholovchilar va texnik ekspertlar;
— akkreditatsiya boʻyicha texnik qoʻmitalar.
Akkreditatsiya, agar akkreditatsiyaning amal qilishi tugatilmagan boʻlsa, guvohnomada koʻrsatilgan muddat davomida amal qiladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring