Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bogʻchalari tashkil qilinadi

14:06 15 Sentyabr 2025 Siyosat
84 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqotda islohotlarning ilk bosqichidayoq maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilganini qayd etdi.

2017-yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham bogʻcha yoʻq edi, qamrov 27 foizdan oshmasdi. Bugungi kunda bogʻchalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oshdi.

Yaqinda taʼlim sohasida eʼlon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga bogʻcha kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam boʻlmasligi taʼkidlandi.

Bogʻchada tarbiyachilar maoshi maktab oʻqituvchilariga tenglashtirildi. Shu oydan bogʻcha mudiralari ham maktab direktori oʻrinbosari bilan bir xil oylik oladigan boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, bogʻchadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oshdi.

Endilikda xususiy bogʻchalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.

Prezident bogʻcha tarbiyachilari uchun muhim yangilikni aytdi.

Hozirda 7 mingdan ortiq davlat bogʻchalarida 120 mingga yaqin pedagoglar boʻlgani bilan ularning atigi 34 foizi oliy maʼlumotga ega. Lekin hozirda tarbiyachilarning maktab oʻqituvchilari kabi toifa olishi uchun oliygoh diplomi talab etiladi. Shu sababli oliy maʼlumotli bilan oʻrta maʼlumotli tarbiyachining oyligida farq bor.

Shu bois, davlat va xususiy bogʻcha tarbiyachilarini ishdan ajralmagan holda oliygohlarda oʻqitish yoʻlga qoʻyilib, yiliga 10 ming tarbiyachi oliy maʼlumotli qilinadi.

Yana bir yangilik. Xuddi Prezident maktablari kabi har bir viloyatda “Yangi avlod” bogʻchalari tashkil qilinib, ularda tarbiyachilar ilgʻor pedagogik texnologiyalarni oʻrganadi.

Eng muhimi, yangi metodikalarni oʻrganish uchun bu maskanlarning eshigi xususiy bogʻcha tarbiyachilariga ham doimo ochiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер