Prezident Kobalt sovgʻa qilgan talaba vazirlikda ish boshladi
Oʻzbekiston Milliy universiteti, matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq taʼlimi vazirligida yangi tashkil etilayotgan Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamentida ish boshladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev OʻzMUda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda S.Bozorboyev oʻz tajribasi, shuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi oʻquvchilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada boʻlib oʻtgan tanlovlarda munosib ishtiroki xususida toʻxtalib oʻtgan edi.
Yurtboshimiz Sardor Bozorboyevni Xalq taʼlimi vazirligiga ishga olish boʻyicha taklif berdi.
Xalq taʼlimi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash Departamentida oʻz faoliyatini boshladi. Sardor Bozorboyev oʻz tajribasidan foydalanib, yoshlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring