Prezident “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq soʻzlamoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida 30 dan ortiq nufuzli tashkilot va 200 ga yaqin xalqaro ekspertlar ishtirokidagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumining ochilishida nutq soʻzlamoqda.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha uchinchi bor oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman ishtirokchilarini samimiy qutladi. Tadbirda ishtirok etayotgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bosh vitse-prezidenti Sachiko Imoto; Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Kaxa Imnadze, Jahon bankining kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha global direktori Luis Felipe Lopez-Kalva va barcha mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.
Prezidentimiz insoniyat oqibatini oldindan aytib boʻlmaydigan oʻta keskin va murakkab davrni boshidan kechirayotganini qayd etdi. Dunyoda geosiyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tobora ortib bormoqda. Yer yuzida kuzatilayotgan iqlim oʻzgarishlari, suv tanqisligi va pandemiyalar tufayli ogʻir va mashaqqatli sinovlar paydo boʻlmoqda.
2015-yildan buyon global iqtisodiy oʻsish surʼati oʻrtacha 3 foizni tashkil etib, oldingi oʻn yillikka nisbatan sekinlashdi. Oqibatda, agar besh yil oldin dunyoda 650 million aholi kambagʻallikda yashagan boʻlsa, bugun ularning soni 800 milliondan oshdi.
“Bu holat barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar, umuman, dunyo hamjamiyati oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qoʻyib, ularga yechim topish boʻyicha tezkor qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda”, dedi Prezidentimiz.
Soʻnggi sakkiz yilda Oʻzbekistonda inson haq-huquqini himoya qilish, munosib ish joyi bilan taʼminlash, daromadini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ulkan ishlarni amalga oshirilgani taʼkidlandi.
Barcha saʼy-harakatlar har bir inson, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun sharoit yaratish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratildi.
Eng murakkab davrda kambagʻallikka qarshi kurash davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, umummilliy harakatga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari oʻsha paytda bizda kambagʻallik darajasini baholash boʻyicha aniq mezon va metodologiya yoʻq boʻlganini qayd etdi. Jahon banki va BMT institutlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida kambagʻallikning milliy mezonlari ishlab chiqildik.
Yangilangan Konstitutsiyamizda pensiyalar, nafaqalar va ijtimoiy yordam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligi qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Izchil islohotlar tufayli 7,5 million aholi kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 2024-yilda 8,9 foizga tushirildi. Yil yakunigacha uni 6 foizgacha kamaytirish maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring