Prezident investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlarga toʻxtalib oʻtdi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jumladan, 2017-yilda milliy valyutamiz – soʻmning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bogʻliq barcha cheklovlar olib tashlangani qayd etildi.
Bank va yirik korxonalarimiz ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqdilar. Dunyo bozorlariga milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.
«Shu bilan birga, biz bank-moliya sohasidagi islohotlarimizni tizimli ravishda davom ettirish zarurligini albatta yaxshi tushunamiz.
Mamlakatimizda ochiqlik siyosatini taʼminlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratdik.
Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.
Bu koʻrsatkichlar boʻyicha Oʻzbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qoʻlga kiritgani bugun hech kimga sir emas», dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring