Prezident bir guruh jurnalistlarni mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, soʻz va matbuot erkinligi, ochiqlik tamoyilini mustahkamlashga qoʻshayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, Yangi Oʻzbekistonda erishilayotgan ulkan yutuqlarni keng targʻib etishdagi katta xizmatlari, yuqori malakali, zamonaviy jurnalist kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan
Doniyorov Salim Musurmonovich — “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati bosh muharriri
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Mirzaaliyev Ikboljon Mirzakarimovich — “Jadid” gazetasi bosh muharriri
“Doʻstlik” ordeni bilan
Amangeldiyeva Raixan Kdirbayevna — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Nukus teleradiomarkazi filiali tasvir yozish guruhi katta elektr mexanigi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kenjayeva Zoxida Abdullayevna — Toʻraqoʻrgʻon tumani “Davr” gazetasi muharriri, Namangan viloyati
Matyakubov Kamol — “Adolat” gazetasi muxbiri
Mirsharipov Farxodjon Arislonovich — Fargʻona viloyati teleradiokanali bosh muharririning oʻrinbosari, Soʻx telekanali guruh rahbari
Oripov Shuxratjon Orip oʻgʻli — “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining axborot xizmati rahbari
Raximov Abdijalol Abdiziyatovich — Chinoz tumani “Chinoz hayoti” gazetasi bosh muharririning oʻrinbosari, Toshkent viloyati
Titchuk Andrey Georgiyevich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo boʻylab” telekanali axborot-informatsion dasturlar muharririyati montajchisi
Urinboyev Saydulla Mardonovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va maʼrifat” telekanali teleoperatorlar guruhi teleoperatori
Xasanov Xaydar Xatamjanovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi direktori oʻrinbosari
Hasanov Roʻzimboy - “XXI asr” gazetasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha muxbiri
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Nurmatov Akbar Normatovich — Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining YUNESKO va ixtisoslashgan media kafedrasi mudiri
Xolbekova Baxor Shayimovna — “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalarining Sirdaryo viloyati boʻyicha muxbiri
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Djumayev Ibraxim — Navoiy viloyati “Salomatlik” gazetasi muharriri
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Gʻiyosov Mirali Abdulloh oʻgʻli — Toshkent shahridagi “Sharoit plus” nodavlat notijorat tashkiloti loyiha menejeri
“Shuhrat” medali bilan
Abilov Fazliddin Ibragimovich — “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati bosh muharririning oʻrinbosari
Avazov Dilmurod Batirovich — “Oriat Dono” radiosi musiqa muharriri
Adilova Munojot Asrorovna — “Daryo.uz” internet nashrining tahrir boʻlimi musahhihi
Asanov Eldar Enverovich — “Asanov formati” telegram kanali asoschisi, bloger
Ahatov Sobit Temirovich — “Xabar.uz” internet nashrining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar boʻlimi muharriri
Gapirova Nigora Umurzakovna — “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi muqovalovchisi
Djumayev Xidoyat Inoyatovich — Buxoro viloyati teleradiokanalining ijodiy ishlab chiqarish guruhi teleoperatori
Karshiyev Aziz Rajabovich — “Kun.uz” internet nashri muharriri
Koraboyev Shamshidin — Fargʻona viloyati ommaviy axborot vositalari faxriylar kengashi faoli, fotosuratchi
Madatova Zilola Muxamadaliyevna — “Maʼrifat” gazetasi bosh muharririning oʻrinbosari
Makarenko Nikita Anatolevich — Ijtimoiy tarmoqlardagi “Effekt Makarenko” sahifasi asoschisi, bloger
Mamatrayimov Xolmumin Norkobilovich — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Surxondaryo viloyati boʻyicha sharhlovchisi
Muminova Gulrux Komilovna — Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati maxsus muxbiri
Muslimov Shuxrat Zikrullayevich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston MTRK teleradiomarkazi” davlat muassasasi televideniye va radio koʻchma texnika xizmati boshligʻi
Nur Ahmad Hojiboy oʻgʻli — Toshkent shahridagi “SAS-Media” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari
Rabbimov Kamoliddin Muxiddinovich — “Kamoliddin Rabbimov” telegram kanali asoschisi, siyosatshunos va bloger
Raximov Sarvarjon Xamidjonovich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi siyosiy sharhlovchisi
Rashidova Nargizaxon Rashidovna — “Mening yurtim” telekanali efirga uzatish boʻlimi muharriri
Sakayeva Elina Ibragimovna — “Gazeta.uz” internet nashri muharriri
Samatova Salima Abdinazarovna — Kasbi tumani axborot-kutubxona markazining abonement va foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Xamidov Xayrulla Ubaydullayevich — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” ijodiy birlashmasi sharhlovchisi
Sherova Laziza Shomilovna — “Oʻzbekiston ovozi” gazetasining parlament faoliyati boʻlimi mudiri
Yaqubjonova Nilufar Oybekovna — Andijon viloyati teleradiokanalining radio guruhi katta muharriri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring