Prezident Administratsiyasida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

13:27 01 Noyabr 2023 Siyosat
372 0

— Gʻayratulla Xabibullayevich Yoziyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Gʻ.Yoziyev Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

— Qahraman Ramatullayevich Sariyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Q.Sariyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

— Ulugʻbek Islomovich Muxammadiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Muxammadiyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

— Umar Sapayevich Ismailov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Ismailov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?