Prezident Administratsiyasi shtat birliklari kamida 50 foizga qisqartiriladimi?
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasida shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirish boʻlishi haqida rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlar tarqatilmoqda. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishicha, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan Prezident Administratsiyasidan tortib quyi tashkilotlargacha boʻlgan barcha idoralarda shtat birliklari maqbullashtirib boriladi va bu — doimiy jarayon hisoblanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda byudjet mablagʻlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash hisoblanadi.
“Bu jarayonning hajmi va koʻlami qay darajada boʻlishi, mazkur yoʻnalishda tegishli oʻrganish va tahlillar oʻtkazilganidan keyingina maʼlum boʻladi.
Shu sababli, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu mavzuga doir xabarlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni soʻraymiz”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring