Poraxoʻr MIB xodimi 6-yilga qamaldi
Katta miqdorda pora olgan MIB xodimiga hukm oʻqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbir natijasida — 1989-y.t., MIB Bekobod shahar davlat ijrochisi oʻz mansab vakolatlaridan foydalangan holda Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning aliment qarzdorligi uchun qoʻyilgan xorijga chiqish taqiqini yechib bermoqchi boʻlgan.
Xodim buning evaziga fuqarodan 20 million soʻm talab qilib, 13 million soʻmini “pora” tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga muqaddam 450 AQSH dollari va 1 million 300 ming soʻm ham olgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudining hukmiga binoan MIB davlat ijrochisi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi va 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 2-yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring