Polvonlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Moʻgʻulistonga yoʻl olishdi

11:16 16 Aprel 2022 Sport
708 0

Xabar berganimizdek, 19-24-aprel kunlari Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.

Qitʼamizning eng kuchli polvonlarini jamlaydigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi har uchala yoʻnalishda ham ishtirok etadi. Bir oz avval Ravshan Roʻziqulov va Elmurat Tasmuradov murabbiyligidagi yunon-rum kurashi boʻyicha terma jamoamiz delegatsiyasi Istanbul shahriga joʻnab ketdi. U yerdan jamoamiz Moʻgʻulistonga yetib borishi koʻzda tutilgan.

Yunon-rum kurashi yoʻnalishida Osiyo chempionatida quyidagi kurashchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Feruz Toʻxtayev
-63 kg: Islomjon Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev
-72 kg: Mirzobek Rahmatov
-77 kg: Aram Vardanyan
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Moʻminjon Abdullayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?