Pokrovskda vaziyat qanday? Zelenskiy Germaniyada
Ukraina harbiy qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainaning Kursk viloyatiga hujumini himoya qilib chiqdi. Rasmiylarning taʼkidlashicha, hujum Rossiyaning Pokrovsk shahriga intilishini sekinlashtirgan va bu strategiyaning bir qismidir. “CNN”ga koʻra, Sirskiy Pokrovskni yoʻqotmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Qoʻmondonning qoʻshimcha qilishicha, dushman soʻnggi 6 kun ichida bir metr ham siljimagan. Kiyev Kurskning 1,300 kvadrat kilometr hududini nazorat qilayotgani aytilmoqda.
Payshanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kursk hujumi Rossiyaning oldinga siljishini sekinlashtira olmagani va bu harakat Ukrainaning Doneskdagi mudofaasini zaiflashtirishga xizmat qilganini aytgan edi. Tahlilchilarning taʼkidlashicha, Rossiya Ukraina sharqidan bir nechta askarlarni Kursk shahriga koʻchirgan, u yerda askarlar etnik Chechen jangchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Rossiya tomoni Pokrovskdan Sharqda va yaqin atrofdagi bir nechta kichik qishloqlarni egallab olgani, oʻn minglab aholi evakuatsiya qilinayotganini aytmoqda. Sirskiy ham Pokrovskdagi vaziyatni muammoli deb atagan.
“Biz artilleriya otishmalarining miqdori va hujumning intensivligi kamayganini bilamiz. Menimcha, bu strategiya toʻgʻri tanlangan va bu bizga kerakli natijani beradi. Davom etayotgan janglar va soʻnggi bir hafta ichida oʻnlab odamlarni oʻldirgan Rossiya bombardimonining yangi toʻlqini sharoitida Ukraina AQSH va uning boshqa ittifoqchilariga koʻproq havo mudofaasi bilan taʼminlash hamda Gʻarb tomonidan taqdim etilgan uzoq masofali qurollardan foydalanishga ruxsat berish uchun bosimni kuchaytirdi. Ushbu masalalar juma kuni Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatadigan Ukraina Mudofaa aloqa guruhi aʼzolari Germaniyada uchrashganda muhokama qilinishi mumkin. Uchrashuv oldidan Birlashgan Qirollik yil oxirigacha Ukrainaning havo mudofaasi qobiliyatini oshirish uchun 650 ta yengil koʻpfunksiyali raketa tizimlarini yetkazib berishini eʼlon qildi”, — degan qoʻmondon.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring