Poytaxtdagi 9 mingdan ortiq liftlarda nosozliklar aniqlanganmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 9 mingdan ortiq liftlarda nosozliklar aniqlangani haqida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugungi kunda respublika boʻyicha 5 ming 491 ta koʻp kvartirali uyda 13 ming 798 ta lift uskuna mavjud boʻlib, shundan 12 ming 987 tasi odam tashish, 811 tasi esa yuk tashish uchun moʻljallangan.
Toshkent shahrida 3 ming 245 ta koʻp kvartirali uyda jami 9 ming 144 ta lift mavjud. Shulardan 1 ming 835 tasining ekspluatatsiya muddati tugagan, ularni yangilash ishlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 98-son qarori asosida 2025-2028-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 2025-yilda 452 ta liftni yangilash ishlari yakunlanmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktyabrdagi 801-son qaroriga muvofiq mamlakatdagi barcha liftlar har yili majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, joriy yilning 1-may kunidan boshlab vazirlik tomonidan “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi ishga tushirildi. Mazkur platforma orqali koʻp kvartirali uy-joylardagi barcha lift uskunalarini real vaqt rejimida monitoring qilish imkoniyati yaratilgan boʻlib, liftlardan foydalanuvchi aholi uchun lift uskunalari boʻyicha doimiy maʼlumotlarni olish imkoniyati taʼminlanmoqda.
«Texnik koʻrik jarayonida liftlarda aniqlanadigan kamchiliklar — bu lift nosoz degan xulosani bermaydi. Aksincha, bu holat profilaktik tekshiruv va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan muntazam texnik nazorat jarayonidir.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi aholining xavfsizligi va qulay yashash sharoitlarini taʼminlash maqsadida liftlarni ekspluatatsiya qilish sohasida doimiy monitoring olib boradi, shuningdek, sohani rivojlantirish orqali mavjud muammolarni oldini olishdagi islohotlarni davom ettiradi», — deyiladi vazirlik munosabatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring