Poytaxtda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida shubha ostiga olingan fuqaro M.A. koʻzdan kechirilganda, uning yonida 4 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi vosita borligi aniqlangan. Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Yangihayot tumani boʻlimi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, muqaddam sudlangan fuqaro M.A. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 11 dona “Tropikamid” va “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro M.I.ga 2 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring