Poytaxtda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxs qoʻlga olindi (+video)
Toshkent shahrida aniqlangan narkolaboratoriyadan katta miqdorda giyohvand moddalar va prekursorlar olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, 1979-yilda tugʻilgan shaxs poytaxt hududining turli manzillaridagi koʻp qavatli uylarning yoʻlaklariga va boshqa joylarga xorijdan olib kelingan giyohvandlik vositalarini berkitib ketayotganligi aniqlanib, qoʻlga olingan.

Mazkur shaxsning yoni va avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, 15 dona kichik boʻlaklarda “Alʼfa PVP” va 24 dona boʻlaklarda “Mefedron” giyohvandlik vositalari borligi fosh boʻlgan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham koʻzdan kechirilgan. Aniqlanishicha, uyning yertoʻlasida narkolaboratoriya tashkil qilgani oydinlashgan.
Tezkor tadbir davomida, qonunbuzarning yonidan va uyidan jami 2,8 kg giyohvand moddalar hamda 11,5 litr prekursorlar, shuningdek, narkolaboratoriya uchun zarur boʻlgan anjomlar va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, uning telefonida boʻlgan geolokatsiya yordamida, muqaddam Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qoʻyilgan, sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan 49,9 kg va 48 litr prekursorlar topilib, rasmiylashtirilgan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring