Poytaxtda kuchli shamol: YHXB ogohlantirish bilan chiqdi
Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxtda kuchli shamol boʻlayotganligi tufayli aholidan xavfsizlik choralariga rioya qilishni soʻradi.
“Toshkent shahri hududida shamol kuchayishi kuzatilmoqda. Sizlardan ehtiyot choralariga rioya qilishingizni, transport vositangizni daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qoʻymasligingizni, eshik va derazalarni mustahkam yopishingizni, yosh bolalarni qarovsiz koʻchaga chiqarmasligingizni soʻraymiz”, — deyiladi YXHB murojaatida.
Maʼlumot uchun, noqulay ob-havo sharoiti bilan bogʻliq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlarining (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bogʻlanish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring