Poytaxtda fuqarolar elektr toki yordamida baliq ovladi (+video)

15:39 06 Mart 2026 Jamiyat
433 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri hududidan oqib oʻtuvchi kanalda elektr toki yordamida baliq ovi uyushtirilgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Internatda tarqalgan xabarlarga koʻra, ushbu holat Toshkent shahri Olmazor tumani hududidan oqib oʻtuvchi Qoraqamish kanalida sodir boʻlgan. Voqea yuzasidan poytaxt Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasining Olmazor tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borilgan.

Oʻrganish jarayonida ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni aniqlash imkoni boʻlmagan. Shu sababli, holatga oydinlik kiritish hamda huquqbuzar shaxslarni aniqlash maqsadida Olmazor tumani IIO FMBga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli tartibda xat bilan murojaat qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер