Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qoʻyish marosimida nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Avvalambor, poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi.
Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish boshlandi. Shuningdek, bugungi tadbirda Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Boʻkada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start beriladi.
Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritilmoqda. Bu stansiyalar toʻliq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr ishlab chiqaradi.
Bu stansiyalarning elektr energiyasi qoʻshimcha 2 million aholi va 30 ming korxona talabini taʼminlashga yetarli boʻladi.
Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi, qoʻshimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar quriladi, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinadi, kogeneratsiya texnologiyasi joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring