Pirovard maqsad — xalqimiz roziligi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning eng olis va eng ogʻir hududlaridagi 56 ta mahallada “Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tarkibida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda 20 ga yaqin vazirlik va idora, barcha viloyat, tuman (shahar) tashkilot masʼullari biriktirilgan.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, ichki yoʻllar infratuzilmasi yoʻnalishida 438 ta koʻchalarda 44 km asfalt, 188 km yoʻl shagʻal, 3 km yoʻlga beton yotqizilib, 6 850 m2 piyodalar yoʻlagi barpo etildi.
Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 46 km uzunlikdagi yangi elektr tarmogʻi tortildi, 328 dona yoritish moslamalari oʻrnatildi, 36 ta yangi transformator oʻrnatilib, 120 tasi taʼmirlandi, 3 006 ta simyogʻoch ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 695 ta yangi qoʻshimcha temir-beton ustunlar oʻrnatildi.
Koʻmir va gaz taʼminoti yoʻnalishida 84 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi, 3 km uzunlikdagi yangi tabiiy gaz tarmogʻi tortildi, 78 km gaz tarmogʻi taʼmirlandi, 9 212 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 598 tonna koʻmir yetkazib berildi.
Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash borasida 77 km uzunlikdagi yangi suv tarmogʻi tortildi, 9 km taʼmirlandi, 4 ta yangi ichimlik suvi inshooti (skvajina, minora, rezervuar, nasos stansiyasi) oʻrnatildi, 13 tasi taʼmirlandi.
Mahallalarda oʻtkazilgan obodonlashtirish ishlari natijasida 9 013 tonna chiqindilar chiqarib tashlandi.
Mahallalarda 2 325 nafar aholining bandligini taʼminlash choralari koʻrildi. Jumladan, fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi, kasb-hunar oʻrganish uchun oʻqishni boshladi, oʻzini oʻzi bandligi taʼminlash va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashildi. Xususan, 69 nafariga tikuv mashinasi, 32 nafar fuqaroga asbob uskunalar va mehnat qurollari olib berildi, 80 nafariga 103 mln. soʻmlik moddiy yordam berildi, 294 nafar fuqaroga 5 mlrd. 537 mln. soʻm imtiyozli kredit, 155 nafarga 1 mlrd 65 mln soʻmlik subsidiya olishiga koʻmaklashildi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi 439 nafar fuqaroga 953 mln. soʻmlik turli yordamlar koʻrsatildi, 14 nafar yakka-yolgʻiz keksalarga koʻmak berildi.
Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida 66 320 nafar shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Koʻrik natijasiga koʻra ularning 561 nafariga davolanish uchun order berildi. 7 nafar shaxslarga sihatgoh, sanatoriy va profilaktoriylarga yoʻllanma berildi. Bundan tashqari, 102 nafar nogironlarga turli yordamlar koʻrsatildi, 4 mingga yaqin fuqaroga nogironlik aravachasi, protez-ortopediya vositalari, bepul dori-darmon vositalari yetkazib berildi.
Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash borasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2 542 ta turli tadbirlar tashkil etildi. Xususan, oilalarda farzand tarbiyasi, maʼnaviyat va kitobxonlikni targʻib qilish, sport tadbirlari musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, “Uch avlod uchrashuvlari”, “Bir nafar nuroniyga oʻn nafar yosh” tadbirlari, madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring